фото Bahodir Mamajonov Allaqachonlar

Bahodir Mamajonov - Allaqachonlar mp3

Исполнитель: Bahodir Mamajonov / Песня: Allaqachonlar / Длительность MP3: 6:11 / Размер MP3: 7.2 MB / Битрейт MP3: 160 / Категория: Узбекские песни / Дата релиза: 1-08-2020, 18:32 / Скачано: 1 623

Песня Bahodir Mamajonov - Allaqachonlar слушать онлайн, скачать бесплатно



Предыдущая музыка
Следующая музыка
Текст песни
Eh, umr oqar daryo deganlarini vaqti yetibgina anglaymiz. Sochga qirov qo`nganda bolalikdagi bolalarcha beg`ubor muhabbatimizni eslab qolamiz.

Sevib, ismini daraxtga o`yib yozganimiz o`sha chiroyli qiz – hozir yuzlariga ajin tushgan ayol, bir etak bolasi bor. Endi unga muhabbat ertak, endi unga muhabbat ermak.



Bolalik uzoqqa cho`zilgan shirin tushga o`xshaydi. O`zim yupun, lekin bag`ir butun edi. Yosh edim – olov edim. Yonimda akam – yelkalari tog`day, xushsurat akam.



Ko`rsam ko`ngil, quchsam bag`ir to`lardi. Menga suyanch, menga ishoch, menga dalda bo`lgan mehribon akam hozir o`zi dalda-yu mehrga muhtoj.

Uzoq yo`l yurgan yo`lovchi horib bir joyda to`xtaydi. Bir borajak manziliga qarasa, bir bosib o`tgan yo`liga qaraydi. Sochdagi oq – armonlarmasmikan-a?..



Qachondir, qachondir bu yerdan, yuzim buribman,

Yuribman, yuribman tinmay yuribman.

Olisda holimni bilmay yuribman –

Menga yomon bo`libdi allaqachonlar!



***

Qachondir dovdirab yurgan qulunlar,

Quyoshni ilk bora ko`rgan qulunlar. (x2)

Tuyog`i chalmashib yurgan qulunlar

Uchqur saman bo`pti allaqachonlar. (x2)



O`h, o`h, o`h,

Uchqur saman bo`pti allaqachonlar. (x2)



Qachondir osmonni ag`darardi ham,

Dimog`im achishdi, ko`zga keldi nam: (x2)

Meni yelkasida ko`targan akam –

Qaddi kamon bo`pti allaqachonlar. (x2)



O`h, o`h, o`h,

Qaddi kamon bo`pti allaqachonlar. (x2)



Qachondir yuzida ko`rgandim yulduz,

Yuzi olma kabi tarang va qirmiz. (x2)

Menga ro`molchalar bergan o`sha qiz –

Rangi somon bo`pti allaqachonlar. (x2)



Meni yelkasida ko`targan akam –

Qaddi kamon bo`pti allaqachonlar. (x2)



Qaddi kamon bo`pti allaqachonlar… {x2}