фото Ulug’bek Rahmatullayev Go’dak Nolasi

Ulug’bek Rahmatullayev - Go’dak Nolasi mp3

Исполнитель: Ulug’bek Rahmatullayev / Песня: Go’dak Nolasi / Длительность MP3: 5:34 / Размер MP3: 5.2 MB / Битрейт MP3: 128 / Категория: Узбекские песни / Дата релиза: 15-12-2020, 09:44 / Скачано: 101

Песня Ulug’bek Rahmatullayev - Go’dak Nolasi слушать онлайн, скачать бесплатно



Предыдущая музыка
Следующая музыка
Текст песни
Bir bolakay kirdi masjidga,
O’zi edi juda ham xomush.
Masjid ahli undan so’rdilar:
“Bolajonim, kelding ne yumush?”Shunda bola chuqur xo’rsindi,
Ko’zlariga biroz olib yosh.
Va bolakay javoban dedi:
“Ollohimdan bor edi so’rash.”Ayting bobo, ayting amaki,
Xudo meni eshitadimi?
Bu yerda kim aylasa tilak,
Shu tilakka yetishadimi?Dedilar: “ayt ne tilaging bor?”
Hayron bo’lib so’z qotdi ular.
Chin ko’ngildan, sof niyat ila
So’rasang gar, beradi Xudo.
Soraganing beradi Xudo.Go’dak shunda qarab Qiblaga,
Ko’z yoshlarin to’kdi yashirmay.
Jajji qo’lin ochib duoga,
Bir narsalar der edi tinmay,
Bir nimalar der edi tinmay.Shunda ular unga so’z qotdi,
Duoyingni eshitsin hamma.
Sen uchun ham duo qilaylik,
O’tinchingni eshitsa zora.Ovozini baralla ochib,
Dedi: “Xudo, ey Xudojonim,
Duoyimni qabul qil, Egam,
Qaytar mening sen onajonim.”Onamsiz men qanday yashayman?
Yonimda zor yig’laydi ukam.
Aytgin, Xudo nima qilay man?
Nahotki bu dunyo bir kam?Murg’ak go’dak zor qaqshab yig’lar,
Duosini davom qilib der:
“Xudojonim, jonginam Xudo,
Hech bo’lmasa, otam qaytib ber,
Otam qaytib ber…”Masjidga bir tushdi sovuqlik,
Hech kim bir so’z-kalom deyolmas.
Odamlarning vujudi titrar,
Nechun bilmam “omin” deyolmas.Bir on jimib so’ngra yana u,
Bilmam der ular qaytmaydi.
Duolarim qabul qil, Egam,
Joylarini jannat et mayli.Lekin erta yana qaytaman,
Javobingni aytasan menga.
Jannatingdan joy bersang agar,
O’yinchog’im beraman senga.Qo’llarini tortib ominga,
Ko’z yoshlarin artganday bo’ldi.
Qo’llarini qo’yib ko’ksiga,
“Amakijon, duoyim bo’ldi.”Ayting, Xudo meni ko’rdimi?
Tilagimni eshitgandir-a?
Ertaga ham kelsam maylimi?
Mendan jahli chiqmagandir-a?Bolajonim, Udir rahmdil,
Duoyingni albat eshitdi.
InshaAlloh ota-onangni
Joylarini jannatda etdi.InshaAlloh ota-onangni
Joylarini jannatda etdi…