фото Sevara Nazarxon Sen yashar ko’chada

Sevara Nazarxon - Sen yashar ko’chada mp3

Исполнитель: Sevara Nazarxon / Песня: Sen yashar ko’chada / Длительность MP3: 2:49 / Размер MP3: 2.76 MB / Битрейт MP3: 128 / Категория: Узбекские песни / Дата релиза: 14-12-2020, 16:42 / Скачано: 140

Песня Sevara Nazarxon - Sen yashar ko’chada слушать онлайн, скачать бесплатно



Предыдущая музыка
Следующая музыка
Слушать
Скачать mp3
Текст песни
Sen yashar ko`chadan mastona yurdim,
Toliga suyanib, entikdim, turdim.
Sen kirgan makonni ko`nglimga solib,
Eng yorug`, eng toza bir dunyo qurdim.
Sen yashar ko`chadan mastona yurdim…

Sen yashar ko`chada bir yil – kun bo`ldim,
So`ngra asrlardan uzun tun bo`ldim.
Sog`inchning holidan bir bor xabar ol,
Tun ichra o`ksinib, bag`ri xun bo`ldim.
Sen yashar ko`chada bir yil – kun bo`ldim.

Sen yashar ko`chaning bir eshigi berk,
Eshikni ocholmas na gado, na bek.
Kimga ochiladi – o`zi biladi,
Qulfini ochib qo`y, eshikka ber erk.
Sen yashar ko`chaning bir eshigi berk.

Sen yashar bu ko`cha eng sevimli bayt,
Yodaki o`qiyman, yuragimda qayd.
Men bilan yur desam, sensiz yurmaydi,
Bu sensiz ko`chani nima qilay ayt?
Sen yashar bu ko`cha eng sevimli bayt.

Sen yashar ko`chaga bo`lmaydi to`yib,
Uni olib ketdim, yelkamga qo`yib.
Oh ursam, esimga tushgan chog`laring,
Yig`lay devoriga boshimni qo`yib.
Sen yashar ko`chaga bo`lmaydi to`yib.

Sen yashar ko`chadan mastona yurdim…