фото Botir Qodirov Ota

Botir Qodirov - Ota mp3

Исполнитель: Botir Qodirov / Песня: Ota / Длительность MP3: 4:23 / Размер MP3: 4.12 MB / Битрейт MP3: 128 / Категория: Узбекские песни / Дата релиза: 17-11-2020, 14:26 / Скачано: 141

Песня Botir Qodirov - Ota слушать онлайн, скачать бесплатно



Предыдущая музыка
Следующая музыка
Текст песни
Bu dunyodan vafo topmagan odam,
O`ylagan o`yiga yetmagan odam,
Orzulab dunyodan ketmagan odam,
Hayotdan ko`nglini uzmagan odam.

Onam rixlat qilgach sag`ir o`sdim deb,
Ona mehriga men faqir o`sdim deb,
Yarim ko`ngil, yarim bag`ir o`sdim deb,
Otangiz yoshiga yetmay ketdingiz,
Otasin yoshiga yetmagan otam.

Yaxshi yedirayin, yaxshi kiysin deb
O`zim g`ambodaman, bolam kulsin deb,
O`zim ko`rmaganim bolam ko`rsin deb,
Davru-davronini ko`rmay ketdingiz,
Davru-davronini ko`rmagan otam.

Hech qachon mehnatdan qilmasdingiz or,
Yozda o`t ichida, qishda kechib qor.
Ekkan daraxtingiz mevasi bisyor,
Bog` qilib, mevasin totmay ketdingiz,
Bog` qilib, mevasin totmagan otam.

Yetimlik nonini yedirmadingiz,
Faqirlik to`nini kiydirmadingiz,
Ortingizdan yig`lab qoldi o`g`il-qiz,
Kasbu kamolimiz ko`rmay ketdingiz,
Kasbu-kamolimiz ko`rmagan otam.

Ollohdan martaba, umrlar so`rab,
Suyub nabiralar, boshini silab,
Har kuni bir kelib holimiz so`rab,
Uy qurib, to`risin ko`rmay ketdingiz,
Uy qurib, to`risin ko`rmagan otam.

Bizning davronimiz surmagan otam,
Bizning davronimiz surmagan otam.