фото Nodirbek Xolboyev Onaizorim

Nodirbek Xolboyev - Onaizorim mp3

Исполнитель: Nodirbek Xolboyev / Песня: Onaizorim / Длительность MP3: 4:29 / Размер MP3: 5.16 MB / Битрейт MP3: 160 / Категория: Узбекские песни / Дата релиза: 13-11-2020, 09:48 / Скачано: 260

Песня Nodirbek Xolboyev - Onaizorim слушать онлайн, скачать бесплатно



Предыдущая музыка
Следующая музыка
Текст песни
Siyratdagi sirlar ko`chganda tilga,
Ne go`zal tuyg`ular sig`masa dilga,
Ming yillik umidlar bo`lganda sarob,
Nima taskin bo`lar kuygan ko`ngilga?

Ummon bo`lib toshsa ko`zimdagi nam,
Tor ko`rinsa ko`zga shunday keng olam,
Yashamoqdan bezib ketgan chog`larim,
Faqat bir zot bo`lar jonimga malham:
Kunduzi duoda, tunlari bedorim, Onaizorim.

Omadim kelmasa yig`laganim u,
Istirobda bag`rin tig`laganim u,
G`animlarim qonim ichib shodlansa,
Shunday keng dunyoga sig`maganim u.

Men bir sodda kasman, nayrangdan yiroq,
Tortganim istirob, topganim firoq.
Ko`ksimda osig`liq turar hanuz ham
Onam yoshligimda taqgan ko`zmunchoq.
Meni balolardan asrar tumorim, Onaizorim.

Yarimta nonimni ilib ketsa do`st,
El bo`lib, terimni shilib ketsa do`st,
Borimni qo`limdan yulib ketsa do`st,
Dildagi sirimni bilib ketsa do`st,

Kuydirib bag`rimni tilib ketsa do`st,
Yiqilsam, ustimdan kulib ketsa do`st,
Do`st dedim, do`stimdan pand yedim oxir,
Dil berib, oqibat dard yedim oxir.

Arosat ichinda to`lg`onib, yonib,
O`rtanib yashamoq naqadar og`ir.
Bu yorug` dunyoda topganim, borim,
Onaizorim.

Topganim-tutganim bolamga degan,
Har luqma yutganin bolamga degan,
Men ko`rmagan kunlar o`g`limga tortiq,
Bir umr kutganim bolamga degan.

Bolasidan tortsa, kuyganim o`sha,
Duosida aytib, suyganim o`sha,
Olislarga ketsam, sog`inib, alqab,
Suratim ko`ksiga qo`yganim o`sha.
Farzand qayg`usida sochlari qorim, Onaizorim.

Senga ne ulashdim, senga ne berdim?
Faqat g`amni tutdim, faqat dard, ozor.
Ko`zlaringda farzand tashvishin ko`rdim,
Azobimdan meros sochingdagi qor.
Bu telba dunyoda topganim, borim, Onaizorim.

Onaizorim…