фото Sardor Rahimxon Otam ketdi

Sardor Rahimxon - Otam ketdi mp3

Исполнитель: Sardor Rahimxon / Песня: Otam ketdi / Длительность MP3: 2:47 / Размер MP3: 2.65 MB / Битрейт MP3: 128 / Категория: Узбекские песни / Дата релиза: 7-11-2020, 10:12 / Скачано: 143

Песня Sardor Rahimxon - Otam ketdi слушать онлайн, скачать бесплатно



Предыдущая музыка
Следующая музыка
Слушать
Скачать mp3
Текст песни
Xalq boshidan soya ketgan kuzmi bu, Rab?
Yolg’on desam, nahotki rost so’zmi bu, Rab?
Uzun-uzun ohlar ko’kka o’rlanadi,
Xalq otasin umri shuncha ozmidi, Rab?Yetmish ikki tomirlarga motam yetdi,
Xalq boshidan – Haq qoshiga otam ketdi.
Butun elni yig’latgan kun qandayin kun?
Shum xabardan butun boshli millat mahzun.Yurtim deya, xalqim deya qayg’urib, bir
Qayg’urmabdi otajonim o’zi uchun!
Olam uzra qandayin bir olam ketdi,
Xalq boshidan – Haq qoshiga otam ketdi.Garchi, ajal o’z mo’ljali beomondir,
Endi diydor otam bilan ming armondir.
Cho’lponlarni boy bergani yetmasmidi?
O’zbek uchun buncha qattiq imtihondir?
Chorak asr yurt to’yida alam yetdi,
Xalq boshidan – Haq qoshiga otam ketdi.Zor yig’laydi mahzungina O’zbekiston,
Jo’r yig’laydi mahzungina O’zbekiston,
Kuz pallasi boshin yerga egibgina,
Huvillaydi mahzungina O’zbekiston.
O’zbekiston suyangan chin odam ketdi,
Xalq boshidan – Haq qoshiga otam ketdi.“E baraka topgur” degan so’zi qani?
Nigohlari iliq bo’lgan yuzi qani?
Shundayin bir gullagan, hur vatan qurib,
Bunda endi otajonim o’zi qani?
Aytar so’zi xalqi uchun malham ketdi,
Xalq boshidan – Haq qoshiga otajonim ketdi.Endi senga sabr bersin, ona xalqim,
To’zim bersin, qadr bersin, ona xalqim.
Duo ayla, duo ayla shu zot uchun, yurtbosh uchun,
Nurga to’la qabr bersin, ona xalqim!
Ming-ming alam! Xalq tayanchi, daldam ketdi,
Xalq boshidan – Haq qoshiga otam ketdi.